O'zbekistonlik murabbiy boshchiligidagi klub OFK Kubogida keyingi bosqichga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
13 mar 2024, 15:39
Bugun OFK Kubogi chorak finali doirasida "Taichung Futuro" - "Abdish Ota" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Qirg'iz Respublikasi jamoasini o'zbekistonlik mutaxassis Islom Ahmedov boshqarib bormoqda. Uchrashuvda "Abdish Ota" 3:1 hisobida g'alaba qozondi hamda keyingi bosqichga yo'l oldi. Birinchi o'yinda "Abdish Ota" o'z maydonida 5:1 hisobida zafar quchgandi. 


OFK Kubogi

Chorak final, 13.03.2024

"Taichung Futuro" (Xitoy Taypeyi) - "Abdish Ota" (Qirg'iz Respublikasi) 1:3

Gollar: Benchi Estama 3 - Farxat Musabekov 60, Magamed Uzdenov 63, Nurlanbek Sarikbaev 81

"Abdish Ota": 71.Marsel Islamkulov, 25.Magamed Uzdenov, 29.Amantur Shamurzaev, 2.Kristian Brauzman, 34.Aizar Akmatov, 20.Kayrat Jirgalbek, 11.Farxat Musabekov, 19.Teymur Chariev, 70.Atai Jumashev, 10.Arlen Sharshanbekov, 23.Ernist Batirkanov.

Chetlatish: Ven Chixao 93.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia