O'zbekistonlik hakamlar xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
17 may 2018, 13:44
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotganidan futbol muxlislarimizning xabarlari bor.

Jumladan, 25 may kuni tashkillashtirilayotgan Kuvayt – Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahsga Sherzod Qosimov boshchilik qilsa, unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullinlar yordam beradilar.

28 may kuni esa Valentin Kovalenko hamda uning yordamchilari Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonovlar Turkiya - Eron o'rtasida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvini boshqaradilar.

Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari

25 may
Kuvayt – Misr
Bosh hakam:
Sherzod Qosimov
Yon hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

28 may
Turkiya – Eron
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko
Yon hakamlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com