

19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar qatnashadigan turnirda Abduraimov shogirdlaridan tashqari Afg'oniston, Qirg'iziston, Eron, Tojikiston hamda Turkmaniston jamoalari qatnashadi. O'yinlar "Jar" hamda "Paxtakor" stadionlarida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, ushbu musobaqa taqvimini rasmiy sayt orqali ma'lum qilgan edik.
Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichida esa yoshlar terma jamoasi Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib, Qatar yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi qur'a natijasiga ko'ra “D” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida o'zbekistonlik futbolchilar Tojikiston, Avstraliya va Xitoy yoshlar jamoasi bilan kuch sinashadi.



