

Ushbu bellashuvni yurtimizdagi barcha ishqibozlar sabrsizlik bilan kutib turishgani sir emas. “Qizilqum” futbol klubi tashabbusi bilan Navoiyda ham mazkur bellashuvni Viloyat madaniyat boshqarmasiga qarashli anjumanlar zalida katta ekranda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Barcha futbol ishqibozlarini ushbu tarixiy bellashuvni tomosha qilishga taklif etamiz.
O'zbekiston-Vetnam uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.



