
Terma jamoa Yangi yil bayramidan avval, 24-29 dekabr kunlari Toshkentda yig'in o'tkazgan edi.
O'FF sun'iy qoplamali maydonida davom etayotgan mashg'ulotlarda U-22 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan 23 futbolchi ishtirok etmoqda.
24-29 dekabrda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda ishtirok etgan 25 futbolchidan Navro'z Alimov va Sherzod Fayziev yakuniy tarkibga kiritilmadi.
O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasining Ummondagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar – Asilbek Omonov (1993 yil tug'ilgan, Paxtakor), Abdumavlon Abdujalilov (1994, Paxtakor), Akmal Tursunboev (1993, Paxtakor);
Himoyachilar – Toxirjon Shamshitdinov (1993, Paxtakor), Maksimilian Fomin (1993, Paxtakor), Boburbek Yo'ldoshev (1993, Lokomotiv), Sardor Rahmonov (1994, Lokomotiv), Javlon Mirabdullaev (1994, Bunyodkor), Akbar Ismatullaev (1991, Paxtakor), Egor Krimec (1992, Paxtakor), Davron Hoshimov (1992, Paxtakor), Vladimir Kozak (1993, Paxtakor);
Yarim himoyachilar – Abbosbek Maxstaliev (1994, Paxtakor), Sardor Rashidov (1991, Bunyodkor), Diyorjon Turopov (1994, Olmaliq), Sardor Mirzaev (1991, Lokomotiv), Dilshod Jo'raev (1991, Bunyodkor), Muhsinjon Ubaydullaev (1994, Paxtakor), Jamshid Iskanderov (1993, Paxtakor), Sardor Sobirxo'jaev (1994, Bunyodkor);
Hujumchilar – Igor Sergeev (1993, Paxtakor), Temurxo'ja Abduxoliqov (1991, Paxtakor), Abdulaziz Yusupov (1993, Paxtakor).Ummonda bo'lib o'tadigan 2014 yilgi U-22 Osiyo chempionati bahslarida O'zbekiston terma jamoasi D guruhida Iroq, Saudiya Arabistoni va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 11-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan musobaqadagi ilk o'yinni Shuhrat Maqsudov shogirdlari 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.