O'zbekiston U-22 terma jamoasi Qatardagi xalqaro musobaqada qatnashadi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 12:24
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Turnirda to'rt mamlakat yoshlar termasi ishtirok etadi: Qatar, O'zbekiston, Iordaniya va Qirg'iziston. Uchrashuvlar Al Sadd va Aspire P7 maydonlarida bo'lib o'tadi.

Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishing:

30 iyun, juma

20:45  Iordaniya – O'zbekiston
22:00  Qatar – Qirg'iziston

2 iyul, yakshanba

20:45  Qirg'iziston – Iordaniya
22:00  Qatar – O'zbekiston

4 iyul, seshanba

20:45  O'zbekiston – Qirg'iziston
22:00  Qatar – Iordaniya

6 iyul, payshanba

20:45  3-o'rin uchun bahs
23:00  1-o'rin uchun bahs

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa O'zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com