O'zbekiston U-22 Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2014, 12:31
O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 26-31 avgust kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 24 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishadi va ikki kunlik mashg'ulotlarlan so'ng yig'inni davom ettirish uchun Iordaniya poytaxtiga jo'nab ketadi. Iordaniya poytaxti Amman shahrida 31 avgust kunigacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston U-22 terma jamoasi  30 avgust kuni mezbon - Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22 terma jamoasi kelasi yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan U-22 Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com