O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ikkinchi o'yinda Ozarbayjonni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 11:04
Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Baku shahrida Ozarbayjon U-19 ayollar terma jamoasi qarshi o'tkazilgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida g'olib bo'ldi.

U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan qizlar terma jamoasi Ozarbayjon poytaxtida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. Ushbu yig'in davomida ozarbayjonliklar bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgandi. Dastlabki o'yin 15 iyul kuni bo'lib o'tdi va unda Ozarbayjon U-19 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

17 iyul kuni bo'lib o'tgan ikkinchi nazorat uchrashuvida esa Sevara Normurodova hamda Shahnoza Qurbonova kiritgan gollar evaziga g'alaba qozondi – 2:0.

Bahrom Norsafarov boshqarib borayotgan terma jamoa 18 iyul kuni Toshkentga qaytadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

17 iyul, Baku, Ozarbayjon.

O'zbekiston U-19– Ozarbayjon U-19– 2:0

Gollar: Sevara Normurodova, Shahnoza Qurbonova

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com