O'zbekiston iqtidorlarining eng katta bozori - U-19 chempionati pley-off bahslari ertadan start oladi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025, 17:12
Liga tomonidan O'zbekiston U-19 chempionati pley-off bahslari 11 noyabrdan e'tiboran Toshkentdagi "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tkazilishi, final bellashuvi esa 18 noyabr kuni "Jar" stadionining asosiy maydonida o'tkazilishi xabar qilingandi.

"Ushbu bellashuvlar uchun maydon tanlashda Liga stadionning joylashuvi, maydonning tabiiy chim bilan qoplanganligi, uning sifati, futbol uchrashuvini maydonga tutash tribunalardan tomosha qilish uchun qulayliklar masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Zero, o'zbek futboli iqtidorlarining eng katta bozori hisoblangan musobaqaning eng kuchli futbolchilari ishtirokidagi bahslar nafaqat futbol muxlislari, balki bevosita futbol jamoatchiligi vakillari, murabbiylar, futbol agentlari va selekcionerlari uchun ham qiziqarli bo'lishiga ishonamiz", – deyiladi PFL xabarida.

Ertaga 10:30 da "Paxtakor" hamda "Sho'rtan" jamoalari bahsi bilan ushbu bellashuvlarga start beriladi. Barcha uchrashuvlar Liganing rasmiy YouTube sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz