O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga Portugaliya klubi qiziqib qoldi

Administrator
2 dek 2025, 23:55
Gap Sayfiddin Sodiqov haqida.

O'zbekiston U-17 termasi va  "Ahmedov FK" jamoasi futbolchisi Sayfiddin Sodiqovga Portugaliyaning "Braga" klubi qiziqib qolgan. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi ayni damda Portugaliya klubida ko'rikdan o'tish uchun viza olishni kutmoqda. 

Ma'lumot uchun, Sayfiddin Sodiqov ushbu mavsumni "Ahmedov FK" jamoasi bilan Birinchi ligada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://t.me/PenaltyNarzulla