
17 oktyabr kuni BAAda start oladigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 15 oktyabr kuni Kalba Club jamoasiga tegishli bo'lgan stadionda ilk mashg'ulotini o'tkazdi. 15 oktyabr, seshanba kuni, Nuraliev shogirdlari kunning birinchi yarmida tiklanish mashqlarini bajargan bo'lsa, tushlikdan so'ng terma jamoa a'zolari FIFA Bosh koordinatiri bilan uchrashuvda ishtirok etishgan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev guruh bosqichi o'yinlarining barchasi mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlanishini inobatga olib, barcha mashg'ulotlarni kunning ikkinchi yarmida, kechqurun o'tkazishga qaror qilgan.
Quyida O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasining Fujayradagi mashg'ulotlarining birinchi va ikkinchi kunidan videolarni tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi o'yinlarini 18 oktyabr kuni Panama o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Guruhdagi 2-tur o'yini 21 oktyabr kuni Marokash o'smirlariga qarshi bo'lib o'tsa, 24 oktyabr kuni 3-turda Nuraliev shogirdlari Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi barcha o'yinlar Fujayra stadionida bo'lib o'tadi.
U-17 o'smirlar o'rtasida JCH.
S guruhi. 1-tur.
18 oktyabr.
O'zbekiston (U-17) - Panama (U-17)
2-tur.
21 oktyabr
Marokash (U-17) - O'zbekiston (U-17)
24 oktyabr
O'zbekiston (U-17) - Xorvatiya (U-17)