O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Mirjalol Normatov
23 sen 2018, 11:28
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Ilxom Xanjariev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida, 3-turda esa Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Bugun terma jamoamiz vakillari musobaqadagi so'nggi o'yinda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

O'yin Kolombo shahridagi SR&FC Grounds o'yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz