O'zbekiston U-14 terma jamoasi bugun navbatdagi yig'inga kirishadi

Alisher
3 mar 2020, 12:29
Bilasiz, O'zbekiston U-14 terma jamoasiga yaqin o'tmishning mohir yarim himoyachisi Server Jeparov ustozlik qilmoqda.

Mazkur terma jamoa har oy yig'ilib, nomzod futbolchilar harakatlari ko'zdan kechirilmoqda. Navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini bugundan start oladi. 2006 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 3-8 mart kunlari “Chig'atoy” stadionida mashg'ulotlar olib boradi. Server Jeparov bu galgi yig'inga 24 nafar futbolchi chaqirdi.

 

Yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Ozod Marupov, Shamshod Muhitdinov, Jo'rabek Shukrullaev.

Himoyachilar: Doston Qo'ldoshev, Sherzod Abdulbo'riev, Dadajon Ahmadov, Aziz To'lanboev, Fozil Bobomurodov, Hojiakbar Mavlonov, Ayman Hazigaliev.

Yarim himoyachilar: Sanjar Abdulxoshimov, Shamsiddin Sherqulov, Muhammad Karimov, Quvonch Haydarov, Dilshod Misraliev, Nikita Karpenko, Ahror Rahimov, Jahongir Isomiddinov, Jasur Iskandarov, Farrux Anorboev, Begzod Sulaymonov.

Hujumchilar: Hamidullo Turg'unboev, Azim Abdulazizov, Sabur Alamov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz