O'zbekiston U-14 terma jamoasi sobiq ustozi endi kattalar terma jamoasida bosh murabbiy

Aslanov Jasurbek
19 noya 2025, 12:35
Lars Xopp Vanuatu terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Joriy yilning bahorida O'zbekiston U-14 terma jamoasi ustozi sifatida ishlagan Lars Xopp Okenaniyadagi Vanuatu milliy terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ayni damda Vanuatu FIFA reytingida 161-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis Lars Xopp joriy yil O'zbekiston U-14 terma jamoasi bilan bir nechta uchrashuv o'tkazishga va xalqaro turnirda ishtirok etishga ulgurgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia