O'zbekiston terma jamoasining oktyabrdagi ikkinchi raqibi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2025, 17:17
Oktyabrning oyining boshida navbatdagi FIFA kunlari o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi Urugvay bilan o'ynashi, bahs 13 oktyabrda Malayziyada o'tkazilishi e'lon qilingan edi.

Oktyabr oyidagi ikkinchi raqibimiz nomi ma'lum bo'ldi. Kuvayt terma jamoasi o'zining FIFA kunlaridagi rejalarini e'lon qilib, unda 9 oktyabrda Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishini ma'lum qildi.


1. 7-8 oktyabrda Toshkentda mashg'ulotlar.

2. 9 oktyabrda O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini.

3. 11-12-13 oktyabrda Dubayda mashg'ulotlar.

4. 14 oktyabrda Marokash terma jamoasi (ichki chempionat futbolchilari)ga qarshi o'rtoqlik o'yini.

5. 15 oktyabrda Kuvaytga qaytish.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia