"O'zbekiston terma jamoasi o'yinida kamchiliklar bo'ldi" – Jahongir Ortiqxo'jaev

Narzulla Saydullayev
4 fev 2024, 15:56
Tadbirkor va "Paxtakor" jamoasi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev "Lolazor" podkastida O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtirokida ko'rsatgan o'yinlari xususida to'xtalib o'tdi.

Ortiqxo'jaevning so'zlariga ko'ra, nimchorak finalda Tailand o'zbekistonliklar kutmagan o'yinni ko'rsatgan.

"Biz kutmagan Tailand bo'lib chiqdi. Ular haqiqatdan jiddiy tayyorlangan. Avvalgi Tailand emas ular, futboli rivojlangan. Avstraliya bilan esa juda yaxshi o'yin bo'ldi. Lekin o'yinlarimizda kamchiliklar bor", – deydi u.

Tadbirkor ko'rsatilayotgan o'yinlarda "o'zbekona o'yin" borligini aytgan.

"Avvalgi o'yinlardan o'zgarish yo'q. To'g'ri, temp bor, yoshlar yetishib chiqyapti. Lekin yangi o'yin stili yo'q. Niyat qilamiz, chempion bo'lishsin. Har doim niyatimizni yuqori qilamiz, lekin faktlar buni (qiynalishni – tahr.) ko'rsatib turibdi", – degan Ortiqxo'jaev.

Izoh: Podkast mualliflarining bildirishicha, suratga olish ishlari 2 fevral, yani O'zbekistonning Qatarga qarshi o'yinidan avval o'tkazilgan. Shu bois Jahongir Ortiqxo'jaevning fikrlari Qatar bilan o'yindan avvalgi fikrlar hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Лолазор" подкаст