O'zbekiston terma jamoasi o'yini "Sport" kanalida jonli efirda ko'rsatiladimi?

Aslanov Jasurbek
9 sen 2019, 18:48
Bugun, 9 sentyabr kuni O'zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmaydi. Bu haqda telekanal Farruh Rasulov "Bugun futbol" ko'rsatuvida aytib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston - Iroq uchrashuvi texnik sabablar tufayli efirga uzatilmaydi va bu muammo "Sport" kanaliga bog'liq emas.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ - Eron OTJ uchrashuvidan oldin o'tkazilgan "Bugun futbol" ko'rsatuvida saytimiz jurnalisti Narzulla Saydullaev mehmon sifatida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia