O'zbekiston sport delegaciyasi OFK va FIFA rahbariyati bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2023, 20:28
O'zbekiston sport delegaciyasi Saudiya Arabistonida futbol olamining yirik vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Dastlab Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon al-Xalifa uchrashuv davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov hamda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov bilan O'zbekistonga tashrifidan olgan taassurotlari haqida so'zlab, kelgusida qator nufuzli tadbirlarni mamlakatimizda o'tkazish istagi boriligini ma'lum qildi. Futbolimizda U17, U20, U23 toifalarida tarbiyalanayotgan istedodlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o'zaro fikr almashdilar. FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda Infantino O'zbekistonga tashrif unda o'zgacha taassurot qoldirganini alohida qayd etdi. Tomonlar futzal bo'yicha Jahon chempionatiga ko'rilayotgan tayyorgarlik hamda milliy futbol markazining barpo etilishi jarayoni mavzularida fikr almashishdi. O'z navbatida, FIFA rahbari markaz qurilishida xalqaro tajribaning qo'llanilishi borasida o'z yordamini ayamasligini bildirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA