O'zbekiston Qozog'istonga qarshi ko'k libosda o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022, 12:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Mazkur bahs oldidan tashkiliy qo'mita a'zolari hamda jamoalar vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ertangi o'yinning bir qator masalalari, xususan, media, marketing va tibbiy yo'nalishlari muhokama qilindi.



Kelishuvga ko'ra, uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq ko'k rangda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi.

Uchrashuv soat 18:00 da "Paxtakor" stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати