O'zbekiston - Qirg'iziston o'yinini yaponiyalik hakamlar boshqarib borishadi

Khoja
21 fev 2025, 08:50
FIFA jahon chempionati saralash bahslari 3-bosqichi O'zbekiston - Qirg'iziston o'yiniga hakamlarni tayinladi.

Uchrashuvni yaponiyalik Araki Yusuke boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi. Yusukega qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Vatanabe Kota yordam beradi.

O'yin 20-mart kuni soat 21:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: t.me/Jamoliddin_Bobojonov