O'zbekiston OTJ Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 13:20
Janubiy Koreyaga qarshi OCH yarim finaliga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun ertalab trenajer zalida mashg'ulot o'tkazdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg'ulotlarida barcha ishtirok etdi va ayni damda terma jamoa safida jarohat olganlar yo'q. Bugun olimpiya terma jamoasi kechki payt shuningdek, stadionda mashg'ulot olib boradi.

Osiyo chempionati yarim finaliga yo'llanma olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi, shuningdek, kunlik tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda va  terma jamoa bosh murabbiyiga bu borada ma'lumot topshiriladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi OCH yarim finalida maydonga tushadi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com