O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ummonni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 22:08
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 25 iyul kuni Ummon o'smirlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

“Jar” stadionida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvning dastlabki daqiqalari ummonliklarning faolligi ostida o'tdi va ikkinchi daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Shundan so'ng o'yindagi tashabbus to'laligicha Temur Olixo'jaev murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasiga o'tdi. Birinchi bo'limda gollar kiritish uchun ko'plab qulay vaziyatlar yaratilganiga qaramay, Ummon darvozasini ishg'ol qilish uddalanmadi.

Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlarni gollarga aylantirish borasida O'zbekiston o'smirlarida vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi. 52-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni Ixtiyor Xoldorov bosh bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 68-daqiqada Baxrom Soatovning kuchli va aniq zarbasi O'zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

74-daqiqada esa ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Shuxrat Ne'matov himoyachilar va darvozabonni aldab o'tib, hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.

O'yinning 85-daqiqasi o'tib borayotganda esa Abubakr Mo'ydinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi hisobning yirik ko'rinish olishiga sababchi bo'ldi – 4:1.

27 iyul kuni ushbu jamoalar o'rtasida yana bir uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin “Jar” stadionida, 18:00da boshlanadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

25.07.2016, “Jar” stadioni, Toshkent.

O'zbekiston U-16 – Ummon U-16 4:1

O'zbekiston gollar
i: Ixtiyor Xoldorov (52), Baxrom Soatov (68), Shuxrat Ne'matov (74), Abubakr Mo'ydinov (85).

O'zbekiston: 40. A. Nematov,  19. I. Karimov, 17. A. Mo'ydinov, 4. I. Xoldorov, 7. O. O'runov, 8. G'. Azizxo'jaev, 9.  B. Soatov, 10. R. Yo'ldoshev, 11. A. Sobirjonov, 25. D. Abdumannopov

Zaxira: 1. X. Jo'raev, 12. J. Umurzoqov, 5. M. Namozov, 3. SH. Xayrullaev, 22. A. Kamolov, 14. O. Sayfiddinov, 36. SH. Ne'matov, 23. B. Hasanov, 15. I G'anixonov, 20. M. Parpiev, 33. X. Abdusattorov, 16. N. Kuyliboev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com