Eshitdik-da! O'zbekiston olimpiya termasi himoyachisi yangi mavsumni "Dinamo"da o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2024, 23:20
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" jamoasi himoyachisi Odil Abdumajidov Samarqandga yo'l oldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, u yangi mavsumni ijara asosida "Dinamo"da o'tkazadi.



Odil Abdumajidov o'tgan mavsum Timur Kapadze qo'l ostidagi "Olimpik" safida 29 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan edi.

Avvalroq himoyachi "Dinamo"da ko'rikda bo'lib turgani haqida xabar bergan edik. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia