O'zbekiston MTJ Sharja shahridagi "Hilton" mehmonxonasiga joylashdi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2019, 17:26
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Dubaydan Sharja shahriga kelib, "Hilton" mehmonxonasiga joylashishdi.

Futbolchilarga tushlikdan keyin hordiq uchun vaqt berildi.



Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz a'zolari Sharja shahridagi dastlabki mashg'ulotni "Sharjah Club Al Hazana" o'yingohida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da "Sharja" stadionida  O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidan o'rin olgan dastlabki o'yinda Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz