O'zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga yetib bordi

Aziz Tukhtamuradov
21 mar 2018
O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahriga yetib borgani va u yerda mashg'ulot ham o'tkazgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun milliy terma jamoa a'zolari Istanbul – Kasablanka yo'nalishi bo'ylab Marokashga yetib bordi. Uzoq muddatli parvozni amalga oshirgan futbolchilar Kasablanka shahridagi “Farah Casablanca” mehmonxonasiga joylashishdi.

Ertadan terma jamoamiz a'zolari Marokashdagi ilk mashg'ulotlarga kirishishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ 23 mart kuni Senegalga qarshi, 27 mart kuni esa Marokashga qarshi bahs olib boradi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com