O'zbekiston kubogi. Yarim final ishtirokchilari ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024
Bugun, 11 iyun, futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, to'rtta bahsning barchasida yirik hisobdagi g'alabalar qayd etildi. 

"Oil STAR" "Bunyodkor"ni 6:1, OKMK Namanganning "Navbahor" jamoasini 5:2, "Paxtakor" Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni 6:2 va BMB "Dinamo"ni 5:1 hisobida taslim etishdi.

Natijada, ayni daqiqalarga kelib, yarim finalchilar nomi va jutfliklari aniq bo'lib ulgurdi. Final yo'llanmasi uchun "Oil STAR" "Paxtakor" bilan kuch sinashsa, ikkinchi yarim finalda BMB OKMK qarshiligini engishga harakat qiladi. 

Eslatib o'tamiz, yarim final uchrashuvlari 13 iyun bo'lib o'tadi, final - 14 iyunga mo'ljallangan.

 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia