O'zbekiston kubogi. "Nasaf" Andijonda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2016, 19:55
O'zbekiston kubogining chorak finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilgani yo'q. 53-daqiqada Bobur Abduxoliqov jarima maydoni ichida to'p bilan xarakatlanayotganida Rustam A'zamov va Bobur Akbarov unga nisbatan qo'pollik ishlatdi va bosh hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Undan Artur Gevorkyan unumli foydalandi - 0:1.


78-daqiqada Artur Gevorkyanning pasidan so'ng Bobur Abduxoliqov boshi bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi - 0:2.Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Nasaf" birinchi o'yinda g'alaba qozondi. Javob bahsi 29 iyulda Qarshida bo'lib o'tadi.


"Andijon" – "Nasaf" 0:2
5 iyul 2016. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), T. To'xtasinov (Andijon)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Gollar: Artur Gevorkyan 54 penalti, - 0:1. Bobur Abduxoliqov 78, - 0:2.

“Andijon”: 1. Akmal Tursunboev, 3. Davron Tursunov, 5. Iqbol Boboxonov, 6. Ibrohim Otaxonov (28. Jahongir Maqsudov, 65), 10. Anvar Berdiev (s), 13. Rustam A'zamov, 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmurotov, 26. Baxtiyor Qosimov, 27. Rabbimjon Hasanov, 89. Bobur Akbarov.
Zaxira: 46. Xurshid Xodjaev, 2. Tursunboy Husanov, 25. Farruh Mirzaev, 32. Alisher Abduvohidov, 44. Dilmurod Mahmudov, 45. Artur Mamatkazin.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 23.Sherzod A'zamov, 18.Bahrom Abdurahimov, 6.Aziz G'aniev, 34.Farruh Sayfiev, 17.Artur Gevorkyan (s), 38.Doniyor Narzullaev, 14.Sharof Muhitdinov (27.Islom Rashidxonov, 76), 21.Azamat Allaniyozov, 45.Bobur Abduxoliqov (16.Dilshod Xushbakov, 86).
Zaxira: 30.Umid Ergashev, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 19.Deyan Bolevich, 42.Najmiddin Normurodov, 29.Akbar Murodov

Ogohlantirishlar: Bobur Akbarov 54

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia