O'zbekiston kubogi finalini 2 dekabrda o'tkazish rejalashtirilmoqda

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2021, 10:29
PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida ikkinchi davra taqvimi rejasini taqdim etdi.

Unga ko'ra O'zbekiston kubogi final uchrashuvi 2 dekbar kuniga belgilangan. Yarim finallar 24 noyabrda o'tadi. Chorak finallar 28 va 29 oktyabrga, nimchorak finallar 18-20 avgustga belgilangan.

Rejaga ko'ra 2021 yilgi O'zbekiston Superligasi 28 noyabr kuni yakuniga etadi. Bir kun oldin Pro ligada mavsumning so'nggi turi bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia