O'zbekiston kubogi. Bugun 4 ta uchrashuv bo'lib o'tadi

18 may 2026, 07:33
Bugun O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan 4 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Proliga jamoalari "Yaypan" va "Kattaqo'rg'on" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 18:00 da start oladi. Birinchi liga vakili "Qoraqalpog'iston FA" "FarDU"ni mehmon qiladi. Ushbu bahs ham 18:00 ga belgilangan. "Surxon" "Paxtakor" stadionida "sherlar"ni mehmon qilsa, "Xorazm" o'z uyida "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi. Har ikki bahs soat 19:00 da boshlanadi.


Manba: championat.asia