O'zbekiston kubogi. Bugun 1-tur yakunlanadi va 2-tur davom ettiriladi

16 may 2026, 10:25
Bugun O'zbekiston kubogining navbatdagi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"Nasaf" jamoasi joriy mavsum ilk bor o'z maydonida o'ynaydi. Qarshiliklarga bugun Birinchi liga vakili "Havokand" raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 19:30 da start oladi. Bu O'zbekiston kubogining 1-turining so'nggi uchrashuvi bo'ladi.

Shuningdek, muxlislar Bekobodda Proliga yetakchilari "Metallurg" va "Aral" o'rtasidagi uchrashuvga ham guvoh bo'lishadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Kunning so'nggi uchrashuvi esa Qo'qon shahrida tashkil etiladi. Andrey Shipilov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMKni qabul qiladi. Ushbu bahs esa 19:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia