O'zbekiston kubogi-2016. Chorak final juftliklari bilan tanishing

Narzulla Saydullayev
21 may 2016, 21:22
Bugun O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvlaridan o'rin olgan 6ta o'yin bo'lib o'tdi. Chorak finalga chiqqan 6ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Ertaga "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng yana bir chorak finalchini bilib olamiz. Oxirgi chorak final yo'llanmasi sohibi 8 iyun kuni "Lokomotiv" va "UzDongJu" o'rtasidagi bahsdan so'ng aniqlanadi.


O'zbekiston kubogi-2016
Chorak final juftliklari

”Buxoro” yoki “Paxtakor” - “Qo'qon-1912”
“Andijon”  - “Nasaf”
“Bunyodkor” - “Metallurg”
“Mashal” - “Lokomotiv” yoki O'zDongJu”

Eslatib o'tamiz, chorak finalning dastlabki o'yinlari 5 va 6 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvlari esa 8 iyul kuni tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia