O'zbekiston Janubiy Koreya bilan o'yinda ko'k rangli libosda o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
4 sen 2017, 15:18
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'FF rasmiy tvitterining xabar berishicha, vakillarimiz bu uchrashuvda ko'k rangli liboslarda harakat qiladilar.

Raqiblarimiz Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari esa qizil rangli futbolkalarda maydonga tushadilar. O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia