O'FA yana bir memorandum imzoladi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2018, 17:19
O'zbekiston futbol federatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qiladilar:

-Oliy talim muassasalari talabalari, akademik liceylar o'quvchilari  o'rtasida ommaviy futbol musobaqalari, mini-futbol, ayollar o'rtasida futbol va boshqa turdagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish;

-talabalar ligasining final final musobaqalarini mamlakatimizning Superliga a'zolari klublarining arenalarida o'tkazish;

-Oliy talim muassasalarining havaskor futbol klublariga amaliy ko'mak ko'rsatish;

-Mamlakatimizning nomdor futbol klublari o'yinchilarini jalb qilgan holda futbol bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish;

-futbol bilan havaskor tarzda shug'ullanuvchi turli yoshdagi futbolchilar, Oliygoh murabbiylarining talim salohiyatini oshirish maqsadida turli o'quv-seminarlarini tashkil qilish, futbol hakamlari tayyorlash va ularni malakasini oshirish, talim yo'nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar  va futbol jamoatchiligi bilan birgalikda bayram hamda xotira tadbirlari, matbuot anjumanlari o'tkazish.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com