O'zbekiston – Eron. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani

Narzulla Saydullayev
4 okt 2016
Ertaga, 5 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.

Soat 11:00da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.

Shundan so'ng 11:30da O'zbekiston ustozi Samvel Babayan va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi. Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O'zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz. Ertaga shuningdek, ikkala jamoa o'yinoldi rasmiy mashg'ulot ham o'tkazadi. 17:00da Eron, 18:00 O'zbekiston terma jamoasi "Bunyodkor" stadionida mashg'ulot o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Eron o'yini 6 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia