O'zbekiston ayollar terma jamoasi Rabotda Marokashga qarshi o'rtoqlik bahslari o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024, 19:19
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Midori Honda boshqaruvidagi O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi fevral oyida Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazadi.

Terma jamoa oldinda turgan muhim bahslarga reja asosida tayyorgarlik ko'rish maqsadida Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.

28 yanvardan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Marokashning Rabot shahrida davom ettiriladi. Jamoa Marokash ayollar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати