Oybek Abdurahmonov: "Ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 11:52
Xabaringiz bor, ayni kunlarda futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kuni kecha "So'g'diyona" futzal jamoasi o'z maydonida Qarshining "Nasaf" futzal jamoasini qabul qildi. Ushbu bahsda "So'g'diyona" futzal jamoasi irodali g'alabaga erishdi (7:4). O'yindan so'ng "So'g'diyona" futzal jamoasi bosh murabbiyi Oybek Abduraxmonovdan klub rasmiy sayti uchun qisqacha intervyu olishga qaror qildik.

- Avvalambor, o'yinga tashrif buyurgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. Zalda ajoyib muhit bo'ldi va aynan shu jamoani oldinga borishga va g'alaba qozonishga chorladi. Tarkibga yosh va asosan mahalliy futzalchilar yig'ilgan. O'yinda xatolarimiz ko'p. Biz ular ustida mashg'ulotlarda ishlashda davom etamiz. "Nasaf" futzal jamoasiga qarshi ikkinchi o'yinimiz ham bor. O'ylaymanki, unda ham muxlislar kelib jamoani qo'llab-quvvatlaydi. Biz esa ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz - deydi  Oybek Abdurahmonov.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" bugun "Nasaf" jamoasiga qarshi ikkinchi bahsni olib boradi. O'yin soat 14:00 da "So'g'diyona" sport majmuasi zalida bo'lib o'tadi. Kirish bepul!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz