Ouenning fikricha, Uelbek "Arsenal"da ochiladi

Tolibjon Qosimov
3 sen 2014, 11:46
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen, Denni Uelbekning "Manchester Yunayted"dan "Arsenal"ga transferi "to'pchilar" uchun omadli bo'ldi deb hisoblaydi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu hujumchi hozircha o'z imkoniyatlari darajasida o'ynamayapti.

"Uelbekni o'z safiga qo'shib olish - "Arsenal" uchun juda yaxshi kelishuv. U yosh, unda ingliz fuqaroligi bor va o'yinchi juda yaxshi sifatlarga boy. Uelbekni MYUda kam gol urdi deb bo'lmaydi, u yerda futbolchi kam o'ynagan" - deb yozadi Ouen o'z tvitterida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru