Ouen: "Ko'pchilik penalti bo'lganini aytmoqda, lekin men uchun bunday emas"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019, 14:41
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen Chempionlar ligasining1/8 final boschqichida PSJ hamda "Manchester Yunayted" jamoalarining javob o'yini so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.

Bahsning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda Diogu Dalotning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi PSJ himoyachisi Presnel Kimpembening qo'lini topdi. Uchrashuv hakami Damir Skomina videoassistentga murojaat qilishga qror qildi va yakunda 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Bu esa PSJ muxlislari va bir qator mutaxassislarga yoqmadi. Masalan, o'z davrida taniqli hujumchi bo'lgan angliyalik Maykl Ouen ham bu vaziyatga  etiroz bildirdi.

"Ko'pchilik insonlar penalti bo'lgani va bu haqli belgilanganligi hususida gapirishmoqda. Ammo, men bunday hisoblamayman. Kimpembe to'pni orqasi o'girilgan holatda qaytardi. Bunda u sakragan vaziyatda to'pni ko'rmagan va to'pni ixtiyoriy qo'li bilan qaytarmagan edi. Hakam takroran vaziyatni ko'rish uchun VAR tizimiga murojaat qilganidan so'ng, penalti borligini bildingiz", - deya fikr bildirdi Ouen.

Eslatib o'tamiz, MYU o'z maydonida PSJga 0:2 hisobida yutqazgan va javob o'yinidan oldin YCHLning chorak final bosqichiga chiqish uchun ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarishi kerak edi. Rashfordning penaltidan urgan goli mazkur qarama-qarshilik taqdirini hal qildi. Natijada, PSJning omadsiz ananasi takrorlandi. Mankunianliklar ustozi Sulsher esa MYUdagi omadli debyuti tasodif emasligini yana bir bor isbotladi.    

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.bt.com