

JAMOALAR HOLATI
Manchester Yunayted
Jamoaning Kristal Pelas ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida Runi boshidan olgan harohat tufayli maxsus himoya bog'ichlari bilan o'tkazdi. Bayerjamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda esa hujumchi ushbu bog'ichlarsiz harakat qilishi kutilmoqda. Rafael va Denni Uelbekalar kichik jarohat tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Fil Jonsi va Darren Fletcherlar tiklanish jarayonida ishtirok yetishmoqda.
Jarohat olganlar: Jons, Fletcher.
So'roq ostida:Rafael, Uelbek.
Chetlatish: yo'q.
Bayer
Gonsalo Kastro jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. Lars Bender va Yens Xegelerlarning maydonga tushishi so'roq ostida.
Jarohat olganlar: Kastro.
So'roq ostida:Bender, Xegeler.
Chetlatish: yo'q.
Leverkuzenning Bayer jamoasi yevrokuboklar doirasida Old Traffordga tashrifi Manchester Yunayted jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatidagi Devid Moyesning Chempionlar Ligasi uchrashuvlaridagi dastlabki bahsi bo'ladi.
Shuningdek, Manchester Yunayted jamoasining ushbu ishtiroki jamoa uchun ketma-ket 18 marotaba Chempionlar Ligasi bahslaridagi qatnashishidir. Devid Moyesning esa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi debyut uchrashuvi. Angliyaning amaldagi chempionlari sera Aleksa Fergyuson boshchiligida ikki marotaba ushbu musobaqada g'olib bo'lishgan.
Ushbu bahs Bayer jamoasi bosh murabbiy Sami Xyuyupyaning ham yevrokuboklardagi debyuti. Murabbiy 2005 yilda futbolchi sifatida Liverpul tarkibida Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan edi.
AVVALGI UCHRASHUV
Chempionlar Ligasining 2001/02 mavsumda jamoalar yarim finalda o'zaro to'qnash kelishgan. Ikki o'yin natijasiga va mehmonda kiritilgan to'plar nisbatiga ko'ra Bayer final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Old Traffordda o'tgan dastlabki uchrashuv 2-2 hisobida yakuniga yetgan. Gollarga Bayerdan Mixael Ballak (62-daqiqa) va Olivera Noyvell (75-daqiqa) mualliflik qilishgan bo'lsa, Borisa Jivkovichning 29-daqiqadagi avtogoli va Nistelroyning 67-daqiqadagi gollari durrang natijani taminlagan edi. Germaniyada o'tgan javob uchrashuvida esa Roy Kinning 28-daqiqada kiritgan to'piga Noyvell 45-daiqada javob qaytargan edi. Shu tariqa Klausa Toppmyoller shogirtlari finalga yo'llanma olishgan edi.
Old Trafford o'tgan 2002 yilgi baxsda ishtirok etgan Rayan Giggz – Yunayted tarkibida hozirda faoliyat olib borayotgan yagona futbolchi.
O'sha mavsumdan keyingi Chempionlar Ligasi bahslarining guruh bosqichida jamoalar yana o'zaro to'qnash kelishgan. Manchester Yunayted o'shanda bir yil oldingi uchrashuvni revanshini olishga erishgan edi. Dastlabki Germaniyada o'tgan bahsda Yunayted 1-2 (Gol: Nistelroy (31, 44) hisobida, Old Trafforddagi uchrashuvda esa 2-0 (Veron 42, Nistelroy 69) g'alaba qozonishgan.
Jamoalarning so'ngi o'zaro uchrashuvlaridagi tarkib quyidagi ko'rinishda bo'lgan:
Manchester Yunayted : Rikardo, O'Shi, Blan (G. Nevill 77) , Ferdinand, Silvestr, Bekxem (Sulsher 78), Veron, Forchun, Giggz ( Chedvik 81), Skoulz, Van Nistelroy .
Bayer:Butt, Jivkovich, Klyayn, Ramelov, Sebesken, Balitch ( Preus 81), Babich, Shimak, Birofka (Dogan 78), Berbatov (Franka 62), Brdarich.
JAMOALARNING O'Z CHEMPIONATLARDAGI SO'NGI UCHRASHUV NATIJALARI:
14.09.2013. Manchester Yunayted - Kristal Peles 2:0 (van Persi 45+1 pen, Runi 81)
De Xea; Fabio, Ferdinand, Vidich, Evra, Karrik, Anderson (Fellaini 62), Valensiya, Runi, Yang (Yanuzay 67), van Persi (Ernandes 79).
Chempionatdagi o'rni : 5-o'rin, 7 ochko.
14.09.2013. Bayer - Volfsburg 3:1 (Sem 24, Kissling 65, 90+2; Olich 39)
Leno; Xilbert (Donati 74), Vollshayd, Spaxich, Benish; Raynarc, Kastro, Rolfes; Sem (Kruze 88), Son (Djan 81); Kissling.
Chempionatdagi o'rni: 3-o'rin, 12 ochko



