Damir Skomina faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
30 avg 2021, 22:17
Mashhur hakam Damir Skomina hakamlik faoliyatiga nuqta qo'ydi.

"Bugungi kundan boshlab arbitr bo'lishni yakunlayman. Meni yana bir jarrohlik amaliyoti kutib turibdi", - dedi Skomina.

U hakamlik faoliyatini 1994 yili boshlagandi. Xalqaro maydondagi debyut 2003 yili amalga oshirilgan va u o'shanda Vengriya - Lyuksemburg uchrashuvini boshqargandi.

Sloveniyalik 2012 yili UEFA Superkubogida, 2017 yili Yevropa ligasi finalida, 2019 yili esa YCHL finalida bosh hakamlik qilgan.

U tizzasidagi jarohati sababli hakamlikni yakunlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports

Shuningdek o'qing