- Derbida g'alaba qozonishimiz shart edi va vazifani muvaffaqiyatli uddaladik. “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alaba tufayli bu bahsga sportga xos jangovar kayfiyatda yetib kelgandik. Sekin-asta qiyin vaziyatdan chiqib ketyapmiz. Biroq keyingi turlar ham og'ir bo'ladi deb o'ylayman. “Buxoro” “Nasaf” va “Qizilqum”ga qarshi murakkab uchrashuvlar kutib turibdi. Ushbu bellashuvlarga ham jiddiy tayyorlanib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz, - dedi “Neftchi” darvozaboni O'tkir Yusupov.
Eslatib o'tamiz, Farg'onaning “Neftchi” klubi keyingi uy bahsini 21 iyun kuni Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Undan avval farg'onaliklar “Buxoro” mehmoni bo'lishadi.
“Neftchi” matbuot xizmati