OTJ Slovakiyadagi ilk raqibini mag'lubiyatga uchratdi

Nadirkhuja Yuldashev
30 avg 2015, 23:38
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi turnir doirasida BAAlik tengqurlariga qarshi kechgan o'yinda g'alaba qozondilar.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida "Lokomotiv" himoyachisi Boburbek Yuldashev tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.


O'zbekiston OTJ - BAA OTJ 1:0 (0:0)

Gol: Boburbek Yo'ldoshev

O'zbekiston: A.Abdujalilov, S.Raxmonov, J.Mirabdullaev, M.Fomin, B.Yo'ldoshev, O.Shukurov, O.Hamrobekov, I.Aliboev, J.Masharipov, D.Hamdamov, Z.O'rinboev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: J.Abdumo'minov, Q.Ro'ziev, J.Hakimov, T.Hakimov, A.Komilov, M.Rajabov


Keyingi raqib Saudiya Arabistoni olimpiyachilari bo'ladi. Mazkur bahs 2 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia