Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi aniq o'zbekistonlik bo'ladi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2015, 09:31
Osiyo Futbol konfederatsiyasi bir nechta nominaciyalar bo'yicha 2015 yilning eng yaxshilari bo'lishga da'vogarlarning yakuniy uchlik ro'yxatini e'lon qildi.

Quvonarlisi, nominaciyalardan biri aniq O'zbekistonga yo'l oladi. Aniqrog'i, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasiga bir yo'la uch nafar futbolchimiz da'vogarlik qilyapti. O'zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi hamda “Bunyodkor” klubi futbolchilari Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov hamda Zabihillo O'rinboevdan aniq biri 2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia