Osiyo o'yinlari. O'zbekiston yarim final uchrashuvini 4 oktyabr kuni Koreya Respublikasiga qarshi o'tkazadi

Administrator
1 okt 2023, 20:56
Xitoyda o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlarining 1/4 final uchrashuvlari yakunlandi.

Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoamiz yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi kurash olib borishadi. Uchrashuv 4 oktyabr kuni o'tkaziladi. Bundan tashqari Gonkong termasi chorak finalda Eronni mag'lub qilib, yarim finalga yo'l oldi. Yaponiya esa Shimoliy Koreyadan ustun kelib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Osiyo o'yinlari. 1/2 final

O'zbekiston - Koreya Respublikasi

4 oktyabr, 17:00


Gonkong – Yaponiya

4 oktyabr, 15:00

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia