Osiyo o'yinlari. O'zbekiston chorak finalda kim bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
28 sen 2023, 16:43
Biroz avval O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlari nimchorak finalida Indoneziyani qo'shimcha taymlarda 2:0 hisobida taslim qilib chorak finalga chiqdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa keyingi bahsni ayni paytda davom etayotgan Hindiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi g'olibiga qarshi o'tkazadi.

Bu o'yin 1 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia