Osiyo Kubogi-2019. Xitoy eng qari, Vetnam eng yosh jamoa

Narzulla Saydullayev
28 dek 2018, 11:06
2019 yilgi Osiyo Kubogi boshlanishiga 9 kun qoldi.

Barcha 24ta terma jamoa musobaqa uchun o'zining yakuniy tarkibini e'lon qilib bo'ldi.

O'rtacha yoshi 29 yosh bo'lgan Xitoy qita chempionatida eng qari jamoa bo'ldi. Filippin, Livan, Iordaniya va mezbon BAAda bu ko'rsatkich 28ga teng.

Eng yosh jamoa esa Vetnam bo'ldi. Ushbu jamoaning o'rtacha yoshi 23ga teng. Iroq musobaqaga olib boradigan 23 futbolchining o'rtacha yoshi 24 ekan.

O'zbekiston terma jamoasining o'rtacha yoshi 27ga teng ekanligi haqida oldinroq xabar bergandik.


Jamoa

O'rtacha yoshi

Xitoy

29

Filippin

28

Livan

28

Iordaniya

28

BAA

28

Eron

27

Falastin

27

O'zbekiston

27

Turkmaniston

27

Tailand

27

Suriya

27

Janubiy Koreya

27

Avstraliya

27

Yaponiya

26

Yaman

26

Ummon

26

Saudiya Arabistoni

26

Qirg'iziston

26

Bahrayn

26

Hindiston

25

Qatar

25

KXDR

25

Iroq

24

Vetnam

23

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia