Osiyo Kubogi - 2019 saralash bosqichining savatchalari ma'lum

Nadirkhuja Yuldashev
13 yanv 2017, 19:15
FIFAning yangi reytingi e'lon qilingach, BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini davom ettiradigan MTJlarning qaysi savatchalardan joy olishi oydinlashdi.

Birinchi savatcha: Qirg'iziston, Iordaniya, Ummon, Filippin, Baxrayn, KXDR.

Ikkinchi savatcha: Hindiston, Falastin, Tojikiston, Vetnam, Gongkong, Turkmaniston. 

Uchinchi savatcha: Maldiv orollari, Livan, Yaman, Afg'oniston, Xitoy Taypeyi, Myanma. 

To'rtinchi savatcha: Malayziya, Singapur, Laos, Kambodja, Nepal, Butan.

Qur'a tashlash marosimi 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


6ta guruhda 4tadan terma jamoa qita chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bahslashadilar. 

Guruhda dastlabki ikkita o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar chempionatga yo'l oladilar. Bugunga qadar, mezbon BAAdan tashqari, Qatar, J.Koreya, Yaponiya, Tayland, S.Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Suriya, Iroq, Eron va Xitoy terma jamoalari musobaqadagi ishtiroklarini taminlab bo'lganlar.

Eslatib o'tamiz, 2019 yilda ilk marotaba 24ta terma jamoa qita chempionatida qatnashadi. Osiyo Kubogi Abu Dabi, Dubay, Al Ayn va Sharja amirliklaridagi stadionlarda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia