

Unda Ummon terma jamoasi O'zbekiston bilan bir guruhda ishtirok etadi.
Raqibimiz ayni paytda Iordaniyada yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berdik. Pim Verbek boshchiligidagi jamoa oktyabr, noyabr, dekabr oylarida ham yig'in o'tkazadi va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
7-16 oktyabr - Qatar
Ushbu yig'in doirasida Ummon 14 oktyabrda Yaman va 16 oktyabrda Ekvador bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
12-20 noyabr - Ummon, Maskat
O'z uyidagi yig'inda ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Hozircha faqat bitta raqib nomi aniq - Qirg'iziston (18 noyabr).
7-22 dekabr - Ummon, Maskat
Dekabr oyidagi yig'in ham Ummon poytaxti Maskat shahrida o'tkaziladi. Ushbu yig'inda Verbek shogirdlari uchta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Raqiblar nomi hozircha ma'lum emas.
23 dekabr kuni jamoa BAA mamlakatiga uchib boradi va 5 yanvar kuni start oladigan musobaqaga tayyorgarlikni aynan shu yerda davom ettiradi.
Ushbu yig'in doirasida Ummon 30 dekabr kuni Avstraliya, 2 yanvar kuni Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalshtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ummon terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida O'zbekistondan tashqari Yaponiya va Turkmaniston bilan o'ynaydi.



