Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Turkmaniston nihoyat nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2018, 16:52
Yazguli Xojageldiev boshchiligidagi Turkmaniston terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida yig'inni davom ettirmoqda.

Jamoa Osiyo Kubogi-2019ga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Kecha Turkmaniston terma jamoasi ushbu yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini “Alanyaspor”ga qarshi o'tkazdi.  Mazkur bahsda qo'shnilarimiz 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Turkmaniston terma jamoasi safida Myerdan Kurbanov, Syerdar Geldiev, Suleyman Muxadov va Didar Durdiev gol urishdi.

Turkmaniston terma jamoasi 28 noyabrdan 12 dekabrga qadar birinchi yig'inni o'tkazadi. Ikkinchi yig'in 18-30 dekabr kunlari Antaliyada bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Turkmaniston Osiyo Kubogida “F” guruhida Yaponiya, O'zbekiston va Ummon bilan kuch sinashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia