Osiyo Kubogi-2015 saralash. “V” guruhiga nazar

Narzulla Saydullayev
5 mar 2014, 11:37
Bugun Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichining oxirgi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
“V” guruhida Tailand termasi o'z maydonida Livan bilan kuch sinashadi. Bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Eron – Quvayt bahsi esa 3 mart kuni o'tkazildi va bunda eronliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Juzeppe Janini (Livan bosh murabbiyi):
“Biz uchun Tailanddan g'alaba bilan qaytish juda muhim. Bazi o'yinchilarimizda jarohat bor, shunga qaramay, yutishni xohlaymiz. Shogirdlarim raqib o'yin uslubini yodlab olishgan”.

Kiatisak Senamung (Tailand bosh murabbiyi): “Tailand ayni paytda o'zining eng kuchli tarkibiga ega. Bizda yoshi katta futbolchilar, yoshlar ham bor. Agar g'alaba qozonsak, reytingda Filippindan yuqoriga ko'tarilib olamiz va bu biz uchun juda muhim”.

Tailand – Livan (19:00)

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

6

5

1

0

18-5

16

Kuvayt

6

2

3

1

10-7

9

Livan

5

1

2

2

7-12

5

Tailand

5

0

0

5

5-16

0




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia